O‘zbekiston va YeOII

Masnikovich YeOIIdagi O‘zbekiston vakiliga muvaffaqiyatlar tiladi

Bugun Shuhrat Shukurovni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’at raisi Mixail Masnikovichga tanishtirdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov respublikaning YeOIIdagi vakili Shuhrat Shukurovni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’at raisi Mixail Masnikovichga tanishtirdi. "Dunyo" AA xabariga asosan.
YeOIIda O‘zbekiston vakili tayinlandi
Uchrashuv juma kuni YeIK binosida bo‘lib o‘tdi.
"YeIK hay’at raisiga O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovdan komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining vakilini tayinlash to‘g‘risida maktub taqdim etildi", - deyilgan xabarda.
Masnikovich Shuhrat Shukurovga yangi mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.
Bundan tashqari, Shukurov YeIKning integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev va savdo vaziri Andrey Slepnev bilan tanishtirildi.
2020 yil 11-dekabrdan boshlab O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi-davlat maqomini oldi.
Kuni kecha, Shuhrat Shukurov O‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqidagi vakili etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi. Shu kunga qadar u Makroiqtisodiy izlanishlar va prognoz instituti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. U Moskva iqtisodiy-statistika institutini va O‘zbekiston davlat va jamiyat qurilishi akademiyasidagi Oliy biznes maktabini tugatgan. O‘zbekiston iqtisodiy majmuasida 30-yillik mehnat tajribasiga ega.