TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Avstraliyalik egizak opa-singillar Tigan va Samanta Ribka o‘zlarining akrobatik truklari bilan ijtimoiy tarmoqlarni zabt etmoqda.
Qizlar uch yoshida akrobatika bilan shug‘ullanishni boshladilar. Hozir ularning yoshi 25da.
Ular ikki yil oldin Australia's Got Talent shouda qatnashdilar va keyinchalik videoroliklarni YouTube’da joylashtirishni boshlashgan. Ko‘pgina foydalanuvchilar egizaklarning egiluvchanligiga hayratda qolishmoqda, ularning kanaliga 7,3 million kishi obuna bo‘lgan.
Shuningdek, qizlarni Instagram va TikTokda millionlab obunachilar kuzatib borishmoqda.