TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tovlamachilikka qo‘lga turgan 25 yoshli ayol ushlandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Xo‘qandiy mavzesida yashovchi “Barno” ismli ayol fuqaro T.M.ga o‘zi bilan birga jinsiy aloqa qilganligi aks etgan video borligi aytgan. Ayol videoni o‘chirib tashlashlik uchun undan ikki ming dollar talab qilgan. Agar so‘ragan pulini bermasa, videoni tarqatib yuborishi va yaqinlariga ko‘rsatishini aytib qo‘rqitgan.
Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol va uning voyaga yetmagan jiyani Sh.R.lar birgalikda tovlamachilik yo‘li bilan fuqaro M.T.dan 2 ming dollarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Dastlabki o‘rganishlar davomida “Barno” ismli ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro Q.O. ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.