Shaharlararo avtobuslar harakati cheklandi

Toshkentdan shaharlararo avtobuslar qatnovi vaqtincha cheklangan. "Qamchiq" dovoni orqali yuk mashinalar qatnovi qayta tiklangan.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Ob-havo sharoitlari tufayli viloyatlar bilan avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtildi, deb xabar qilmoqda Toshkent avtovokzali.
"Noqulay ob-havo sharoiti sababli 25-fevral sanasidagi barcha reyslar bekor qilinganligini ma’lum qilamiz", - deyilgan xabarda.
Avtobuslar harakati borasida qo‘shimcha ma’lumotlarni ushbu telefon raqami orqali olish mumkin: (71) 207-87-00.
O‘tgan tunda Qamchik dovoni orqali yuk mashinalar harakati ham vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, kuchli shamol esib qor yoqqan va havo harorati -12 darajaga yetgan. 
P.S. So‘nggi damda olingan xabarga ko‘ra, Qamchiq dovonida yuk mashinalari harakati qayta tiklangan.  
"Noqulay ob-havo sabab "Qamchiq" dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuk transport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi. Ayni vaqtda dovon yo‘lida yuk avtomobillarining harakatlanishga ruxsat etildi", - deb xabar qilmoqda YHXB matbuot xizmati.
Dovonda ayni damda 15ta mexanizatsiyalashgan otrad tomonidan 24 soat uzuluksiz navbatchilik tashkil etilgan.