Ronaldu qallig‘ining yalang‘och holda tushgan surati millionlab layk to‘pladi

"Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronalduning sevgilisi - model Jorjina Rodriges Instagram’dagi sahifasiga yangi suratni joylashtirdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik.  "Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronalduning sevgilisi - model Jorjina Rodriges Instagram’dagi sahifasiga yangi suratni joylashtirdi.
Jorjina fotosuratda yalang‘och holda tushgan – model o‘zini faqat mashhur brendlardan birining sumkasi bilan to‘sgan. Ronalduning qallig‘i muntazam ravishda reklama kampaniyalarida qatnashadi.
"Carpe diem (fursatdan foydalaning. - tah.)" – degan izoh yozgan suratga.
26 yoshli Ronalduning sevgilisi joylashtirgan surati uning muxlislarini ancha xursand qildi. Atigi ikki kun ichida bu post millionlab layk to‘pladi, foydalanuvchilar uning ostida ko‘p ijobiy izohlarni qoldirishdi.
Ba’zi foydalanuvchilar bu ularning Ispaniya modelining eng sevimli fotosurati ekanligini ta’kidlashdi.