Qozog‘iston O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi

Qozog‘iston Turkiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ukraina bilan parvozlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Qozog‘iston to‘rtta davlat: Turkiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ukraina bilan parvozlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Yerali Tugjanov boshchiligidagi idoralararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
Kamilov Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi - muhokama qilingan masalalar
Yig‘ilishda komissiya Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining xalqaro parvozlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Yo‘nalishlar va parvozlar soni:
• Turkiya bilan (qo‘shimcha 4 reys),
• O‘zbekiston (+4 reys),
• Qirg‘iziston (+2 reys)
• Ukraina (+1 reys).
O‘tgan haftada Qozog‘istondan Samarqand va Urganchga muntazm avia-parvozlarni qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilgani haqida xabar berilgandi.