TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Ertaga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.
Uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi holati va yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar, qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish muddatlari bo‘yicha fikr almashiladi.
Kuni kecha Qobul shahrida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi. Undan avval TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari - Turkmaniston, Qozog‘iston va Tojikiston yetakchilari bilan uchrashgandi.