TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi qachon tugashi haqida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqasi burosi rahbari Xans Klyuge hikoya qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi 2022-yilning boshida yakun topadi", - deya ta’kidlagan ekspert.
U shuningdek, virus hech qayoqqa g‘oyib bo‘lmasligini, ammo cheklovlarga hojat qolmasligini qo‘shimcha qilgan.
Klyugening ogohlantirishicha, bu shunchaki, prognoz, xolos, chunki vaziyat qanday rivojlanishini hali hech kim aniq bilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi bilan dunyoda 111 milliondan ziyod kishi bemorlangan, qurbonlar soni 2,5 millionga yetgan.