O‘zbekiston hukumati 8 ta yirik vaksina ishlab chiqaruvchiga murojaat etgan - Behzod Musayev

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari mamlakat aholisini to‘liq emlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirar ekan, yuzaga kelayotgan masalalar haqida to‘xtaldi.
Sputnik
TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning deputatlarga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hukumati 8 ta yirik vaksina ishlab chiqaruvchiga 3 mln dozadan vaksina xarid qilish bo‘yicha murojaat etgan.
Alisher Usmonov O‘zbekiston uchun 500 mingta vaksina xarid qiladi
"Hozir vaksina bilan aholini keng qatlamini qamrab olish niyatimiz bo‘ladigan bo‘lsa, birinchidan, buncha miqdorda vaksinani ishlab chiqaruvchining o‘zi yo‘q. Yoki ishlab chiqaruvchi bo‘lganda ham, uni yetkazib beruvchi yo‘q. Hozir dunyodagi sakkizta asosiy vaksina ishlab chiqaruvchi korxonalar bo‘lsa, Hukumat tomonidan har biriga murojaat xatini yubordik. Uch million doza vaksina olish niyatimiz bor. Shuni (vaksinani, tahr.) bizga yetkazish muddati va narxi borasida aniq ma’lumot berishlarini so‘rasak, xatimizga birortasi aniq javob bera olgani yo‘q", - dedi Behzod Musayev.
O‘zbekistonda birinchi navbatda kimlar bepul emlanishi ma’lum bo‘ldi
"Sputnik V" O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi >>>
Bosh vazir o‘rinbosarining aniqlik kiritishicha, vaksinalar punktlarga yetkazilganidan keyin qayerdan, qancha miqdorda olingani haqida ma’lumotlar OAVlarga taqdim etiladi. 
Shuningdek, Musayevning qayd etishicha, vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan preparat narxi va yetkazib berilishi muddati borasida aniq kelishuvlarga erishilganidan so‘nggina vaksina O‘zbekiston aholisining qolgan qatlamlariga yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
"Bu haqda kelishuvlar jarayonida qo‘shimcha ma’lumot beramiz", - dedi bosh vazir o‘rinbosari.