Ushbu voqea o‘z ko‘lami va ahamiyati bo‘yicha ilm-fan uchun chindan ham sensatsiya sanaladi.
Gap shundaki, jonivor DNK-hujayrasi bundan 33-yil muqaddam o‘lib ketgan hayvondan olingan bo‘lib, mana endi yaratilgan klon tufayli qirilib ketish arafasida turgan jonivor populyatsiyasini saqlab qolishga muvaffaq bo‘linadi.
Keyingi navbat - mo‘g‘ul yovvoyi tulpori va jahongashta kabutarga.
Ammo sassiqo‘zan Elizabet Enn - klonlashtirish borasida yagona muvaffaqiyatli namuna emas.
Ilm-fanning ushbu sahifasi 1997-yil - jahonga mashhur Dolli laqabli urg‘ochi qo‘y dunyoga kelganida ochilgan edi.
Shundan so‘ng olimlar maymunlar, itlar, mushuklar va echkilarni klonlashtirdilar.
Hayvonlarning klonlashtirilishi tarixini fotolentamizda tomosha qiling!