O‘zbekiston futbol bo‘yicha nufuzli chempionat mezbonligini qo‘lga kiritdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini O‘zbekiston maydonlarida bo‘lib o‘tishiga rozilik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi mezbonligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘FA 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha OFKga so‘rovnoma yuborgan edi.
Ta’kidlanishicha, O‘FA mutaxassislari mazkur chempionatni mamlakatda o‘tkazish bo‘yicha tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlarni OFK vakillariga taqdim etdi va ko‘plab muzokaralarni olib borgan.
“Natijada Osiyo futbol konfederatsiyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini yurtimiz yashil maydonlarida bo‘lib o‘tishiga rozilik bildirdi”, - deyilgan xabarda.
2013 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqada hozirga qadar O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq U23 terma jamoalari bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.