TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasida kelishuvga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviqatnovlarni “International Air Travel Bubble” bitimi asosida amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Joriy yilning mart oyidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshiradi.
Parvozlar 5-mart sanasidan haftasiga ikki marotaba seshanba va juma kunlari bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.