Kamilov Afg‘onistonga safar qiladi

Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s ministrom inostrannix del Afganistana Xanifom Atmarom
Bo‘lajak uchrashuvlarda O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. 2021-yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya s prezidentom Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedovim
Kamilov Turkmaniston prezidenti qabulida bo‘ldi
Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan qo‘shma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashiladi.
Eslatib o‘tamiz, 16-18 fevral kunlari Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan borgan edi.