“Rangsiz tushlar” filmi Markaziy Osiyo kinofestivalida ishtirok etadi

Rejissor Ayub Shahobiddinov suratga olgan “Rangsiz tushlar” filmida qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqqan ayol Kashmiraning jamiyatga moslashishida duch kelgan qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. “O‘zbekkino” MA buyurtmasiga binoan suratga olingan "Rangsiz tushlar” filmi joriy yilning 19-mart - 3-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyoning bahorgi festivalida ishtirok etadi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Festival tashkilotchisi  Koreya va Markaziy Osiyo hamkorlik forumi KF kotibiyati hisoblanadi. Festivalda Navro‘z haqidagi qisqa metrajli  hujjatli filmlarga bag‘ishlangan tadbirlar, Markaziy Osiyo kinohaftaligi, K-pop tanlovi va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Rejissor Ayub Shahobiddinov suratga olgan “Rangsiz tushlar” filmida qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqqan ayol Kashmiraning jamiyatga moslashishida duch kelgan qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi. “Rangsiz tushlar” filmi  Anapadagi "Kinoshok", Qozonning musulmon kinolari festivali, shuningdek, Armanistondagi "Freska" va Italiyaning "Lukaniya" va "Asiatica Film Festival XXI", Indoneziyaning XV Jogja-NETPAC Asian Film Festival ( JAFF ) festivallarida ham ishtirok etgan.