TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan va “KoviVak” nomini olgan koronavirusga qarshi uchinchi Rossiya vaksinasi ro‘yxatga olindi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.
Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning birinchi 120 ming dozasi mart o‘rtasida muomilaga chiqariladi. Vaksina yaratuvchilari xalqaro bozorga chiqishni ham rejalashtirilgan.
Chumakov nomidagi markaz direktori Aydar Ishmuxametovning so‘zlariga ko‘ra, “KoviVak” koronavirusning mutatsiyalariga ham qarshi samarali bo‘ladi, chunki unda virusning genom parchalaridan emas, balki u butunligicha foydalanilgan.
Bunga qadar Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor” markazining “EpiVakKorona” vaksinasi. Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan “KoviVak” vaksinasi uchinchi bo‘ldi.