TOShKENT, 20 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden “Rossiya AQSh va uning ittifoqchilari o‘rtasida transatlantik sherikchiligini "buzmoqchi", deb aytdi.
AQSh davlat rahbari ta’kidlashicha, Moskva go‘yoki "Yevropa loyihasi va NATO ittifoqini zaiflashtirmoqchi" va "transatlantik hamjihatligimiz va qatiyatligimizga putur yetkazmoqchi".
Rossiya “kuchli transatlantik alyans bilan muzokaralar olib borishdan ko‘ra, alohida davlatlarga tahdid qilish ancha osonroq”, deb hisoblamoqda Oq uy rahbari. Shu sababli Bayden Ukrainaning suverenitetini himoya qilish zarurligini alohida ta’kidladi.
Baydenning fikriga ko‘ra, Rossiya bilan munosabatlardagi qiyinchiliklar Xitoy bilan bo‘lgan munosabatlardan farq qiladi, ammo "ular ham haqiqiy", biroq, ushbu ikkala holatda ham Vashington "mojaroni istamaydi", deb ta’kidladi AQSh prezidenti.