TOShKENT, 20 fev - Sputnik. "Rosoboroneksport" 2020-yilda unga qarshi kiritilgan qator sanksiyalarga qaramasdan umumiy qiymati 13 milliard dollarga teng qurol-aslaha eksport qildi.
Bu haqida davlat korporatsiyasining besh direktori Aleksandr Mixeyev Abu-Dabida 21-25 fevral k4uni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan IDEX-2021 - qurol-yarog‘ ko‘rgazmasi arafasida xabar qildi.
"Dunyo iqtisodining barcha sohalariga taaluqli bo‘lgan obyektiv qiyinchiliklarga qaramasdan, 2020-yilda "Rosoboroneksport"ning eksportga yo‘naltirilgan harbiy mahsuloti miqdori - o‘tgan yil miqdorida o‘zgarishsiz qoldi", - dedi Mixeyev.
Ma’lumot uchun, Rossiya o‘tgan bir necha o‘n yillar davomida jahon-qurol aslaha bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Rossiya harbiy mahsuloti yillik eksporti miqdori o‘rtacha 15 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan "Rosoboroneksport" ulushi 13 milliar, qolgan 2 milliard - boshqa harbiy sanoat korxonalari ulushi. Bular harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ehtiyot qismlar yetkazib berishdan iborat.