TOShKENT, 20 fev — Sputnik. AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainalik hamkasbi Andrey Taranga "Rossiya tajovuzi"ga qarshi ko‘mak berishni va’da qildi, deb xabar bermoqda Pentagon.
Pentagon rahbari Vashington "Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini" ta’kidlab o‘tdi.
"U Ukraina kuchlarining Rossiya tajovuziga qarshi yanada samarali mudofaasi uchun AQSh o‘z salohiyatini oshirishga sodiqligini tasdiqladi", - deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Ostin o‘z hamkasbiga mudofaa sektorida islohotlar zarurligini ko‘rsatib o‘tgan.
Taran, o‘z navbatida Pentagon rahbariga ko‘mak uchun minnatdorlik bildirgan, deb aniqlik kiritadi AQSh mudofaa vazirligi.
"Vazir Taran AQShning davom etib kelayotgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildirgan va Ukraina mudofaa sektori NATO tamoyillari va standartlariga muvofiq transformatsiya qilinishiga sobitligini qayd etgan", - deb qo‘shimcha qilingan Pentagon bayonotida.
Rossiya Ukrainaga nisbatan agressiyada ayblovlarni rad etib, mamlakat Donbassdagi mojaro bartaraf etilishidan manfaatdorligini ta’kidlab kelmoqda.