“Marsdan gapiramiz”: Yerga qizil sayyoradan rangli va ovozli video jo‘natildi

NASA o‘zining “Perseverance” qurilmasini Marsga qo‘ndirdi. Marsoxod sayyora sari 7,5 oy uchgan. U 19-fevral kuni tunda Mars sathiga muvafaqqiyatli qo‘ndi.
Sputnik
Bu bilan qizil sayyorani o‘rganish borasida tub burilish ro‘y berdi. Qurilma avvaliga Yer ahliga oq-qora rangli suratni yo‘lladi.
Keyinroq Marsdan rangli suratlar kela boshladi.
​Bugun “Perseverance” video va audio yubordi. Ta’kidlanishicha, shunga o‘xshash ovozli roliklar muntazam yuborib turiladi.