Marg‘ilonda to‘rtta do‘konda yong‘in chiqdi

Yong‘in natijasida 4 ta do‘konning umumiy 90 kv.m maydonida tom va ichki qismlar yongan. Do‘konlarning 200 kv.m maydoni ofatdan saqlab qolingan.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan do‘konlarda yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Hodisi haqidagi xabar 20-fevral kuni soat 05:50da yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
"Toshkent Siti"dagi yong‘in to‘liq bartaraf etildi - FVV
Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 05:54da yetib borgan va soat 05:57da yong‘in o‘rab olinib, soat 06:30da to‘liq o‘chirilgan.
Aniqlanishicha, hodisa natijasida 4 ta do‘konning umumiy 90 kv.m maydonida tom va ichki qismlar yongan. Savdo do‘konlarining 200 kv.m maydoni ofatdan saqlab qolingan.
Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.