Kardashyan eri bilan ajrashishga ariza topshirdi

Amerikalik supermodel, aktrisa, tele-yulduz Kim Kardashyan turmush o‘rtog‘i xonanda Kanye Uest bilan ajrashishga ariza topshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Amerikalik realliti-shou yulduzi Kim Kardashyan turmush o‘rtog‘i xonanda Kanye Uest bilan ajrashishga ariza topshirdi, deb xabar qildi TMZ portali.
Kim Kardashyan turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqda - OAV
Yanvar oyi boshida OAV Kardashyan va Uest ajrashishga qaror qilganliklari va bu masalani qonuniy hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berishdi.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Kardashyan va Uest farzandlarini birgalikda tarbiyalashga kelishib olgan. Bundan tashqari, nashrning yozishicha, er-xotinning hech biri tuzilgan nikoh shartnomasining bandlari bilan bahslashmoqchi emas.
Qayd etilishicha, er-xotin mulkiy nizolarni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishish yo‘lida katta yutuqlarga erishgan.
Kim Kardashyan va Kanye Uest 2014-yilda turmush qurishgan. Juftlikning to‘rt nafar farzandi bor. Kanye Uest Kardashyanning uchinchi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.