TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida bir yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
YTH Farg‘ona tumanidagi Avval-Vodil yo‘lining 15 km.da ro‘y bergan. “Matiz” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi terak daraxtiga borib urilgan. Natijada mashinadagi haydovchining 1 yoshli qizi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Haydovchi, uning turmush o‘rtog‘i va qaynisinglisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.