Qozog‘iston gerbi amaldor savollarga javob berayotgan vaqtda qulab tushdi

Qozog‘istonning Jambil viloyati hokimi chiqishi vaqtida noqulay vaziyat yuzaga keldi. Barchaning ko‘z o‘ngida minbardagi gerb gumburlab qulab tushdi.
Sputnik
Hodisa Jambil viloyati hokimi Berdibek Saparbayevning aholi bilan hisobot uchrashuvi vaqtida ro‘y bergan.
Hudud rahbari gerb bo‘lgan minbarda turib, aholining savollariga javob berardi. Bir payt davlat ramzi sekinlik bilan pastga tusha boshladi, keyin gumburlab batamom qulab tushdi.
Hokimning zalda bo‘lganlarga murojaat qilib, Qozog‘iston gerbini yerdan ko‘tarib qo‘yishni iltimos qilishiga to‘g‘ri keldi.
Shu payt videoga tushib qolgan boshlovchining bo‘lgan hodisaga munosabati ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortdi. U lom-mim demadi, ammo uning ko‘zlaridan u demoqchi bo‘lganini bilib olish qiyin emas.