TOShKENT, 19 fev — Sputnik. "Miss Qozog‘iston" milliy go‘zallik tanlovi tashkilotchilari qiyin vaziyatga tushib qolgan Gulnur Nurtazaga yordam berishdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Gulnur 2017-yilda “Miss Qizilo‘rda” tanlovi g‘olibasi bo‘lgan, 2019-yilda “Miss Qozog‘iston” tanlovi final bosqichiga chiqqandi.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Gulnur kafeda idish tovoq yuvuvchi bo‘lib ishga kirgani haqida videorolik tarqaldi.
Bu holatga “Miss Qozog‘iston” tanlovi direksiyasi va loyiha sheriklari e’tibor qaratishdi.
Qizga Nur-Sultondagi xususiy etnomuzey va respublika muvofiqlashtirish markazida ish taklif qilindi.
Shuningdek, Qizilo‘rda shahar hokimligi ham uni ishga joylashtirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Qozog‘iston moda brendlaridan biri qizga Olmaotadagi yangi ko‘rgazma zalida savdo bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlashni taklif qildi. Shuningdek, Gulnur stilist-usta bo‘yicha o‘quv kursidan o‘tish taklif qilindi.