Osmondan tushgan yulduzlar va Oy parchasi sotuvga qo‘yildi - video

Endi "osmondan tushgan" yulduz, meteorit qoldiqlari va boshqa fazo obyektlarini sotib olish mumkin. G‘ayrioddiy lotlar Christie's kim oshdi savdosi uyi tomonidan namoyish etildi.
Sputnik
“Kosmik” lotlar 260 ming dollarga auksionga qo‘yildi.
Eng og‘ir kosmik obyekt 130 kilogrammni tashkil etadi. Namunaning boshlang‘ich qiymati 260 ming dollarni tashkil etadi.
Auksionga qo‘yilgan obyektlar orasida Oy parchasi ham bor.