TOShKENT, 18 fev - Sputnik. "Xonobod" harbiy aviabazasidagi ekologik vaziyat o‘rganilmoqda. Bu haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov 17-fevral kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar qildi.
Ma’lumki, oldin O‘zbekiston hududida paxtaga gerbitsidlar va boshqa kimoviy moddalar sepishga mo‘ljallangan 17ta kichik aerodromlar bo‘lgan va taxminan 33ta poligonlar bo‘lgan. Ushbu moddalar inson nafas yo‘llariga ta’sir qilib, kasallik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan. Hozirgi kunda biz ularning barchasini rekultivatsiya qilib yopganmiz.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z vaqtida AQSh harbiylari joylashtirilgan "Xonobod" harbiy bazasida ham ana shunday aerodrom bo‘lgan. Lekin u joy harbiylar nazorati ostida bo‘lgani sababli, o‘sha vaqtlarda biz u yerga kirib, uning holatini o‘rgana olmaganmiz. Lekin xozir biz u joyni ldaboratoriyalar yordamida o‘rganishni boshlaganmiz. Biz ushbu joy haqida tarqalgan ma’lumotlarga aniqlik kiritmoqchimiz - u yerda haqiqatdan ana shunday aerodrom yopi poligon bo‘lganmi yo‘qmi. Yaqin kunlar ichida bu haqida ma’lumot beramiz.
Esatib o‘tamiz, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Qashqadaryo viloyati Xonobod shahridagi AQSh harbiy bazasida 2001-2005 yillarda xizmat qilgan amerikalik xarbiylar onkologik kasalliklarga uchragani uchun ularga unvonlar va qo‘shimcha vasiylik belgilash to‘g‘risida qaror chiqargan edi.