“Ishdagi ishq” yulduzi endi yo‘q: Andrey Magkov vafot etdi

Artist teatra i kino Andrey Magkov.
Magkov muxlislar qalbidan joy olgan “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” va “Ishdagi ishq” filmlarida suratga tushgan.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Rossiya xalq artisti Andrey Magkov 83 yoshida vafot etdi.
Aktorning o‘limiga dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Andrey Vasilevich Magkov 1938-yil 8-iyulda Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburg) tug‘ilgan. MXAT badiiy teatr maktabini tugatgan. 1977-yildan u A.P.Chexov nomidagi Moskva badiiy teatrida xizmat qildi.
Na syemkax filma Ironiya sudbi (rejisser Eldar Razanov). V roli Nadejdi Shevelevoy — polskaya aktrisa Barbara Brilska, v roli vracha Yevgeniya Lukashina — Andrey Magkov.
Eldar Razanovning "Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling!" filmidagi shifokor Yevgeniy Lukashin roli Magkovga katta mashhurlik olib kelgan.
Shuningdek, aktor “Ishdagi ishq” filmda Novoselsev roli o‘ynab, ko‘plab tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan.
Na syemkax filma Slujebniy roman. Rejisser Eldar Razanov. V glavnoy roli Andrey Magkov (v sentre). Kinostudiya Mosfilm. 1977 god