O‘zgidromet ob-havo keskin o‘zgarishi haqida ogohlantirdi

19 fevral kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. 18-21 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
18-19 fevralda respublikada shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 
20-21 fevralda respublikada yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
20-21 fevralda havo harorati kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, kechalari 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.