Yangi supersikl: Neft bozorida beshinchi o‘sish to‘lqini boshlanadi

Oxirgi 100-yilda tovar-xom-ashyo bozorida to‘rtta o‘sish supersikli bo‘lib o‘tgan edi, hozir beshinchisi kutilmoqda. Sabab - pandemiyadan so‘ng joriy etilayotgan iqtisodni qo‘llab-quvvatlash choralari.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. So‘nggi kunlarda neft narxi tezlik bilan o‘sib bormoqda. Dunyodagi eng yirik investitsion banklardan biri JP Morgan Chase ekspertlari xulosasiga ko‘ra – xom-ashyo bozorlarida o‘sish supersikli boshlangan va bu so‘nggi 100-yil ichida beshinchi supersikl bo‘ladi. Jahon iqtisodiyoti uchun bu nimani anglatishi haqida RIA Novosti eksperti xulosasi.

Qaltis tiklanish

2020 yilda neft sohasi  bir necha bor o‘sish va pasayish to‘lqinlarini his qildi. Bunga bir necha faktorlar sabab bo‘lmoqda, ularning asosiysi – talab keskin kamaygan vaqtda ortiqcha xom-ashyo ishlab chiqarish hamda pandemiya va lokdaun.
Neft narxi ilk bor 60 dollardan oshdi
O‘tgan yilning mart oyida neft narxi 2 baravar kamaygan edi, lekin kuz oxirida neft bozoriga kuchli impuls berildi. Bunga g‘arbdagi vaksinalarning muvaffaqiyatli sinov dan o‘tishi, AQShda prezident saylovida Bayden g‘alaba qozonishi sabab bo‘ldi. Bayden yashil texnologiyalar tarafdori bo‘lgani sababli, u Tramp kabi amerika neftchilarini qo‘llab-quvvatlamasligini  hamma yaxshi bilardi.
Yanvar oyida kotirovkalar so‘nggi 8 oy bo‘yicha maksimal natija namoyish qildi. OPEK+ neft qazib olishni cheklash haqidagi qarori ham bunga o‘z hissasini qo‘shdi.Natijala bugungi kunda nefi narxi barreliga 63 dollarga yetib keldi.
Bunday dinamika neft sohasi tiklanayotganini namoyish qiladi. Albatta birinchi navbatda Osiyo bozorlarida talab jonlanishi evaziga. Bu yerda hozircha yashil energetika manbaalariga o‘tishga shoshilishmayapti.
Lekin bundan bir oy oldin, bozorlardagi nostabil vaziyat tufayli, prognozlar ancha bosiq edi. Fitch xalqaro reyting agentligi ommaviy vaksinatsiya tezkor amalga oshirilgandagina ijobiy o‘zgarishlarni kutayotganini xabar qilgan edi. Tahlilchilar hatto shunday vaziyatda ham yaxshi tomonga o‘zgarish sekin amalga oshishini ma’lum qilishgan edi.

Beshinchi to‘lqin

JP Morgan Chase tahlilchilari fevral boshida bayonot berganidek, xom-ashyo bozorida yangi o‘sish supersikli boshlanganini bashorot qilishgan edi. Buning belgilari sifatida quyidagilar keltirilgan edi: qishloq xo‘jalik mahsulotlari, metallar va neft narxi 50 dollardan oshishi bunga dalil sifatida keltirilgan edi.
“Neft asri tugayapti”: ekspertlar neft bozorini yana shokka tushirmoqda
Oxirgi 100-yilda tovar-xom-ashyo bozorida to‘rtta o‘sish supersikli bo‘lib o‘tgan edi. Ulardan oxirgisi 1996-yilda boshlanib 12-yil davom etgan va 2008-yilda yakunlangan. Unga dunyodagi uglevodorodlarning asosiy iste’molchisi - Xitoyda sodir bo‘lgan iqtisodiy o‘sish sabab bo‘lgan edi. Bu safargi supersiklga esa – pandemiyadan so‘ng ko‘plab mamlakatlarda joriy etilgan "o‘ta yumshoq" pul-kredit va budjet siyosati sabab bo‘lmoqda: turli davlatlarda joriy etilgan o‘ta past asosiy foiz stavkalari, budjet tomonidan markaziy banklarni qo‘llab-quvvatlash, dollarning qiymati tushishi, inflyatsiya tezlashishi va agressiv ekologik siyosat va boshqalar.
Shu bilan birga, vaziyat 2000-yillar o‘rtasiga o‘xshab ketadi: xom-ashyo bozorlaridagi kotirovkalar – eng baland nuqtaga chiqqan. Masalan, Xitoy ulkan miqdorda makkajo‘xori va soya xarid qilmoqda, AQShda ushbu mahsulotlar narxi rekord darajaga ko‘tarilgan ularning zahiralari esa – defitsit darajasigacha kamaygan.
Londondagi Comex birjasida platina va mis narxi ham o‘z cho‘qqisiga chiqqan. RJO Futures aktivlarni boshqarish kompaniyasi katta boshqaruvchisi Jon Karuzo aytishiga ko‘ra, ushbu metallargan bo‘lgan talab taklifdan oshib ketmoqda, mis zahiralari so‘nggi 10-yillikdagi minimal darajaga yetgan.
Neft narxi “pandemiya chuquridan” to‘liq qutulganini namoyish qilmoqda, uning ortiqcha zahiralari keskin kamaymoqda, - deydi Bloomberg.
JP Morgan xulosasiga ko‘ra, beshinchi superto‘lqin boshlanishining yana bir muhim faktori — bu iqlim o‘zgarishi bilan kurash bo‘lmoqda. Ushbu kurash - neft qazib olish hajmini cheklab qo‘yishi va metallarga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin. Chunki metallar qayta tiklanuvchi energiya manbaalari va akkumulyatorlar ishlab chiqarilda kerak bo‘ladi.

Doimiy trend

Xom-ashyo bozorida uzoq muddat davomida o‘sish kuzatilishi – bu juda muqarrar prognoz bo‘lishi mumkin. Chunki Uoll-Strit ham pandemiyadan so‘ng iqtisodning tezda qayta tiklanishini kutmoqda va inflyatsiyani kafolatlamoqda.
OPEK+ qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng neft narxi ko‘tarildi
Tovarlar bozorida narxlar o‘sishini nafaqat JP Morgan Chase, balkim Goldman Sachs Group, Bank of America, Ospraie Management kabi moliya gigantlari ham bashorat qilishmoqda. Ularning ham dalillari bir xil – iqtisodni qo‘llab-quvvatlash uchun joriy etilgan keng ko‘lamli loyihalar va ommaviy vaksinatsiya – o‘sishga sabab bo‘ladi.
Xususan, Goldman Sachs neftning Brent navi bo‘yicha yilning to‘rtinchi kvartalda barreliga 65 dollar narx belgilagan. Shu bilan birga ular qishda neft iste’moli sutkasiga 3 million barrelga kamayishini aytishmoqda. Ular xulosasiga ko‘ra, bu Xitoy talabini qisman qondiradi xolos. "Vaziyatni normal holatga keltirish yo‘lida - qishgi muammolar va koronavirusning ikkinchi to‘lqini ham unchalik katta muammo emas”, - deyishmoqda siyosatchilar.
Bank of America (BofA) aytishiga ko‘ra, yarim yillik oxirida neft narxi 60 dollar bo‘ladi  va sutkasiga 1,6 million barrellik talab defitsiti paydo bo‘ladi. OPEK va Xalqaro energetika agentligi ham yilning ikkinchi yarmida neftga bo‘lgan talab keskin oshadi va pandemiya vaqtida to‘planib qolgan zahiralarni sezilarli darajada qisqartiradi.
Citigroup yil oxirida Brent navining bir barreli uchun 70 dollarov za,  WTI uchun esa - 68 dollarni tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni rahbarligida neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirish ham zahiralar kamayishiga olib keladi. Xullas, bugungi kun istiqbolida neft bozorida talab o‘zini kutilganidan yaxshi ko‘rsatmoqda.