Samarqandda xorijlikni shantaj qilib, 20 ming dollar olgan ayol ushlandi

27 yoshli ayol BAA fuqarosini shaxsiy video hamda suratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan. Tarqatmaslik uchun 20 ming dollar talab qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Samarqand viloyatida shaxsiy video va suratlarini tarqatmaslik uchun chet ellik fuqarodan pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 16-fevral kuni Samarqand viloyati IIBga Birlashgan Arab Amirligi fuqarosi ariza bilan murojaat qilgan. U Samarqand shahrida yashovchi J.Z. ismli ayol tanishi uning qo‘l telefonida bo‘lgan shaxsiy video hamda suratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga 20 ming dollar so‘rayotganini aytgan.
Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tezkor tadbirda 27 yoshli J.Z. pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
“Rossiyadagi eringga yuboraman”: oilali ayolni shantaj qilgan tovlamachi jinoyat ustida ushlandi
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodesining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.