TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Hjccbz Rossiya davlat dumasi kriptovalyutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalardan soliq olishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Unda aytilishiga ko‘ra, raqamli valyutalar Soliq kodeksida mul sifatida aks ettiriladi va xususiy shaxslar ular bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni o‘z soliq deklaratsiyalarida ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Kriptovalyuta operatsiyalari miqdori bir yilda 600 ming rubldan oshgan taqdirda foyda solig‘i yoki JSDS (NDFL) to‘lashi kerak bo‘ladi.
Biroz oldin, Rossiya bosh vaziri ushbu amaliyot raqamli valyuta egalarini qonuniy himoya kafolati bo‘lishi haqida gapirgan edi.
Ma’lumot, uchun shu kunlarda valyuta birjalarida Bitkoin yangi rekord o‘rnatmoqda - 1 bitkoin narxi 50 ming dollardan oshib ketdi.