Xivada besh yulduzli mehmonxona qurilmoqda

Bu 100 o‘ringa mo‘ljallangan “Farovon” mehmonxonasi bo‘ladi. Unda 6 ta prezident apartamenti, 8 ta “suit” xona bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Xiva shahrida yangi besh yulduzli mehmonxona bunyod etilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qilmoqda.
Samarqandda 10ta yangi mehmonxona quriladi 
Bu 100 o‘ringa mo‘ljallangan “Farovon” mehmonxonasi bo‘ladi. Mehmonxona 6 ta prezident apartamenti, 8 ta “suit” xona, 86 ta standart xonaga ega bo‘ladi.
Mehmonxonaning konferensiya zali 800 o‘rinli bo‘lib, u keng qamrovli uchrashuvlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan. 
Qurilish ishlariga 300 ga yaqin ishchi jalb qilingan. Ushbu loyihani 2021-yil oxirida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.