TOShKENT, 17 fev — Sputnik. “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov O‘zbekiston va Markaziy Osiyo gidroenergetikasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi. Bu haqda “Sputnik” muxbiri xabar qilmoqda.
Mukofotni Sanginovning o‘rniga “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Bekzod Amirsaidov qabul qilib oldi.
Bugun Toshkentda “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” beshinchi xalqaro kongressi va ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Tadbir O‘zbekiston Energetika vazirligi ko‘magida bo‘lib o‘tmoqda. “O‘zbekgidroenergo” AJ kongressning strategik hamkoridir.
Oldingi tadbir 2020-yil 19-20 fevral kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tgandi.