Federal Xavfsizlik xizmati va Rosfinmonitoring xodimlari Qrim yarim oroli va Tataristonda Rossiyada ta’qiqlangan Islomiy davlatterrorchilariga bir necha yil davomida mablag‘ jo‘natib turgan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga oldi.
Jinoiy guruh 2015 - 2019-yillar orasida internet orqali "xayriya maqsadlariga" deya mablag‘ jamlab, uni xorijga jangarilarni ta’minlash uchun yo‘naltirgan.
Huquqni saqlash organlari jinoiy guruh a’zolaridan aloqa vositalari, kompyuter texnikasi va axborot tashuvchi vositalarni olishgan.