TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Alisher To‘rayev O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Alisher To‘rayev 1961-yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi bo‘yicha biolog-genetik, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini tamomlagan.
Vena universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida, Rossiya Federatsiyasi Fizika – texnika institutida faoliyat yuritgan.
2019 yilning iyun oyidan buyon Toshkent davlat agrar universiteti, “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelayotgan edi.