Rossiya FXX Qrim va Tataristonda ID* moliyachilarini qo‘lga oldi - video

Jinoiy guruh a’zolari bir necha yil davomida xayriya maqsadlar niqobi ostida pul to‘plab, ID* jangarilariga yuborib turgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati va Rosfinmonitoring xodimlari Qrim yarim oroli va Tataristonda Islomiy davlat* (Rossiyada ta’qiqlangan)ga mablag‘ jo‘natib turgan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga oldi. 
Xabarda aytilishiga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari 2015 2019-yillar orasida internet orqali "xayriya maqsadlariga" deya mablag‘ jamlab, uni xorijga jangarilarni ta’minlash uchun yo‘naltirgan. Huquqni saqlash organlari jinoiy guruh a’zolaridan aloqa vositalari, kompyuter texnikasi va axborot tashuvchi vositalarni olishgan. 
Jinoiy guruh a’zolariga qarshi terrorchilik faoliyatiga yordam berish aybnomasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.