O‘zbekistonda 6 nafar egizak tug‘ilgani xaqida xabar – bu feyk

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida olti nafar egizak: to‘rt nafar qiz, ikki nafar o‘g‘il tug‘ilganligi va bu O‘zbekiston uchun rekord ko‘rsatkich ekani haqidagi xabar tarqalmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Termiz shahrida olti nafar egizak tug‘ilgani haqida xabar haqiqatga zid, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekistonda 1-yanvar kuni qancha chaqaloq tug‘ildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida olti nafar egizak: to‘rt nafar qiz, ikki nafar o‘g‘il tug‘ilganligi va bu O‘zbekiston uchun rekord ko‘rsatkich ekani haqidagi xabar tarqalmoqda.
Vazirlik matbuot xizmati holatga oydinlik kiritish maqsadida Surxondaryo viloyat cog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abdivoxidov bilan bog‘landi.
“Bu xabar haqiqatga zid. Termiz shahri va tumanida bunday tug‘ilish qayd etilmagan. Oxirgi ko‘p farzand tug‘ilishi hududimizda 3-fevral kuni bo‘lgan, ya’ni Angor tumani “To‘lqin” mahallasida istiqomad qiluvchi 1990-yilda tug‘ilgan Maxbuba Abdumurodova shu kuni uch farzandini kesarcha kesish yo‘li orqali dunyoga keltirgan. Birinchi farzandi qiz (vazni 2950 gramm, bo‘yi 49 sm), ikkinchisi o‘g‘il (vazni 2900 gramm, bo‘yi 47 sm) va uchinchisi ham o‘g‘il (2200 gramm bo‘yi 46 sm). Hozirda ularning ahvoli qoniqarli", - dedi boshqarma boshlig‘i.