Medvedev SSV va Rospotrebnadzorni migrantlarni emlashga e’tibor qaratishga chaqirdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Rossiyada migrantlarni kovidga qarshi emlashga e’tibor qaratilishi kerakligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakat SSV va Rospotrebnadzor migrantlarni, ayniqsa xizmat sohasida ishlayotganlarni emlashga e’tibor qaratishlari lozim deb hisoblaydi.
Moskvada xorijlik taksichilar va kuryerlar bepul koronavirusga qarshi emlanishi mumkin
“Ular (migrantlar – tahr.) tibbiy yordamga ham muhtojlar, men barchasini nazarda tutapman, jumladan, xorijlik ishchilarni, ayniqsa fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlarni koronavirusga qarshi emlash”, - dedi Medvedev Rossiyaning migratsiya siyosatini takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar ham qolgan boshqalar singari virus tarqatishadi.
“... shu bois bu ma’noda migrantlar Sog‘liqni saqlash vazirligi va Rospotrebnadzorning diqqatiga tushishi kerak”, - deya ta’kidladi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova migrantlar qachon COVID-19’ga qarshi emlanishi haqidagi savolga javob bergan edi.