Koronavirus: 7 ta hududda yangi holatlar

O‘zbekistonda yana 19 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 74 664 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
O‘zbekistonda birinchi navbatda kimlar bepul emlanishi ma’lum bo‘ldi
Yana 19 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 461 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Namangan viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 77 969 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foiz.
Ayni paytda 870 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 153 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 108,8 milliondan oshdi, 2,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (27,6 mln), Hindistonda (10,9 mln), Braziliyada (9,8 mln).