TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Kanadada turli davlatlarning koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasiga bo‘lgan qiziqishini Rossiyaning yirik ilmiy diplomatik g‘alabasi deb aytildi. Bu haqda “Radio Canada” saytida xabar qilindi.
Maqolada yozilishicha, avvaliga qator mamlakatlar Rossiya yaratgan vaksinani qabul qilmagan va unda biror bir kamchilik aniqlashni xohlashgan.
“Rossiya uni g‘alaba qozonganini aytgan “Sputnik V” vaksinalar poygasida tezda asabga teguvchi bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Maqola muallifi Tamara Altereskoning so‘zlariga ko‘ra, natijada vaksina har tomonlama o‘zini oqlagan, zero butun dunyo bo‘ylab, jumladan, Yevropada unga bo‘lgan qiziqish tobora o‘sib bormoqda.
Siyosatchi Judit Tviggning ta’kidlashicha, Rossiyaning boshqa sohalarda muammolari bor, ammo COVID-19ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ishlab chiqarish “benuqson g‘alaba” bo‘lgan.
Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ko‘magida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan birinchi vaksinadir.
Obro‘li tibbiyot jurnali hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik samaradorni namoyish etdi.
“Bloomberg” agentligi maqola chop qilingandan so‘ng ko‘plab mamlakatlar “Sputnik V” vaksinasini xarid istagida navbatga turishgani va “Sputnik V” vaksinasini Rossiyaning SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutug‘i ekani haqida yozdi.
Bugungi kunda “Sputnik V" dunyoning 30 yaqin davlatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va foydalanishgan ruxsat berilgan. O‘zbekistonda ham uni sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash ma’qullangan.