AQSh yangi davlat kotibi Turkiyani S-400dan voz kechishga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Turkiyani o‘zida Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini o‘zida qoldirmaslikka chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushog‘li bilan telefon suhbatida Anqarani Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini o‘zida qoldirmaslikka chaqirdi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilgan.
“Davlat kotibi Turkiyani Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini o‘zida qoldirmaslikka chaqirdi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Blinken va Chavushog‘li Suriyadagi mojaro, Iroqda turk asirlarining o‘limi va Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishini muhokama qilgan.
Erdog‘an Pompeo bilan uchrashuvga vaqt topmadi
Anqaraga Rossiyaning eng yangi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari - S-400 yetkazib berilgach, bu Turkiya va AQSh munosabatlarida inqirozga sabab bo‘lgan edi. Vashington Anqarani ushbu bitimdan voz kechishga, evaziga Amerikaning “Patriot” majmualarini xarid qilishga chaqirdi, aks holda Turkiyaga F-35 qiruvchilari savdosini kechiktirilishi yoki butkul bekor qilinishi mumkinligi bilan tahdid qildi.
Shuningdek, AQSh Turkiyaga nisbatan CAATSA ("Amerika dushmanlariga qarshi sanksiyalar vositasi orqali kurashish" to‘g‘risidagi qonunga muvofiq)ga muvofiq sanksiyalar kiritishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan. Anqara yon bosishdan bosh tortdi va S-400 ning qo‘shimcha partiyalarini xarid qilish borasida muzokaralarni davom ettirdi.