O‘zbekistonlik paraatletikachilar Dubayda 24 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston paraatletika jamoasi Dubay Gran-prisida umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 13 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 24 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston paraatletika jamoasi Dubaydagi “Fazza Athletics Championships” Gran-prisida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekistonlik atletikachilar 13 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 24 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Tailand 39 medal bilan birinchi, Hindiston esa 23 ta medal bilan uchinchi pog‘onalarni egallagan.
“Bu bilan vakillarimiz Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari uchun o‘ta muhim reyting ochkolarini ham jamg‘arib olishdi”, - deyilgan xabarda.
10 fevraldan 13-fevralgacha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda 52 mamlakatdan 470 nafar sportchilar qatnashgan.