Qirg‘izistonning yirik obyektlari davlat qarzi tufayli Xitoyga o‘tib ketishi mumkin

Ma’lum qilinishicha, sobiq prezident Almazbek Atambayev davrida davrida ko‘plab tashqi kreditlar olingan. Bugungi kunda mamlakat o‘sha qarzlarni to‘lamasa, yirik obyektlar qarz bergan tomonga o‘tib ketish xavfi ostida.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning matbuot xizmati uning mamlakat davlat qarzini to‘lamagan taqdirda, ko‘plab obyektlarini qo‘ldan boy berishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi.
Japarov amaldorlardan uning portretini kabinetlarda osmaslikni so‘radi
Avvalroq Sadir Japarov axborot agentliklaridan biriga bergan intervyusida sobiq davlat rahbari Almazbek Atambayev davlat qarzi bo‘yicha bitimlar imzolagani, ular tufayli Qirg‘iziston ko‘plab obyektlaridan mahrum bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Davlat rahbari matbuot xizmati gap aynan qaysi obyektlar va kredit bitimlari haqidagi gap borayotganiga oydinlik kiritmagan.
“Atambayev davrida ko‘plab tashqi kreditlar olingan, jumladan, Xitoy va boshqa mamlakatlardan. Bugungi kunda ikki tomonlama imzolangan o‘sha alohida shartnomalarni bajarmasak, kreditni to‘lamasak, obyektlar qarz bergan tomonga o‘tib ketishi mumkin. Bu juda yirik obyektlar. Prezident qiyinchiliklarga qaramasdan mablag‘ topilishiga, kreditlar o‘z vaqtida to‘lanishiga, obyektlar esa hech kimga berilmasligiga umid bildirdi”, - dedi prezidentning matbuot kotibi Galina Bayterek “Sputnik” muxbirining savoliga javob berayotib.
2020 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning tashqi qarzi 4 milliard 850 million 730 ming dollarni tashkil etadi.