Japarov Rossiyaga safar oldidan o‘zini o‘zi yakkaladi

Rossiya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti 24-25 fevral kunlari Moskvada rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Rossiyaga tashrif oldidan o‘zini o‘zi yakkaladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston agentligi xabar qilmoqda.
“Hozir prezident masofadan turib ishlyapti. Safar juda jiddiy, shu bois oldingi davlat rahbari bilan bo‘lgan vaziyat bo‘lishini istamaymiz. Koronavirus pandemiyasi sabab zaruriy ehtiyot choralariga rioya qilinmoqda”, - dedi Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Galina Bayterek.
Qirg‘izistonning yirik obyektlari davlat qarzi tufayli Xitoyga o‘tib ketishi mumkin
Japarovning Rossiyaga tashrifi qaysi sanada amalga oshirilishiga oydinlik kiritmagan, biroq Rossiya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti 24-25 fevral kunlari Moskvada rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.
Rasmiy tashrif amalga oshirilsa, bu Sadir Japarovning Qirg‘iziston rahbari sifatidagi ilk xorijiy tashrifi bo‘ladi.