Toshkentda Bobur tavallud kuni qanday kutib olindi

Buyuk davlat arbobi va Shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538-yilligi butun O‘zbekistonda tantanali kutib olindi. 
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Kecha 14-fevral kuni Toshkentdagi "Adiblar xiyobonida" Bobur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim Milliy Gvardiyaning harbiy-texnik instituti tomonidan tashkil qilidi.
Unda Ichki ishlar akademiyasi, FVVning uzlab kursant va zobitlari,  Toshkent yuridik  universiteti talabalari,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari va dramatik teatr aktorlari ishtirok etishdi.
Marosimda o‘zbek askarlarning o‘rta asrlarga xos harbiy kiyimlari kiygan teatrlashtirilgan tomosha, "Bobournoma"ning dunyo adabiyotidagi o‘rni, "Zakovat" intellektual tanlovi va boshqa qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Undan tashqari, Boburning navbatdagi tug‘ilgan kuni arafasida Milliy Gvardiya Harbiy-texnik instituti hamda "O‘zbekkino" ishtirokida suratga olingan "Yo‘lbarsning tug‘ilishi" deb nomlangan tarixiy-adabiy va "Yo‘lbars izidan" deb nomlangan tarixiy-hujjatli filmlari taqdim etildi.