TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Afg‘oniston-Eron chegara-nazorat punktida ulkan portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda, Mahalliy OAVlar.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, portlash oqibatida Hirotdan 120 km masofa G‘arbda joylashgan "Islom-qala" afg‘on-eron chegara shaharchasida sodir bo‘lgan. U yerda nazorat punkti yaqinida avtomobillar turar joyida turgan 500ga yaqin yuk avtomobillari yonib ketgan, 70 kishi jabrlangan. Qurbonlar soni aniq emas.
Avtomobillarning aksariyati Erondan Afg‘onistonga suyultirilgan gaz va benzin olib ketayotgan bo‘lgan. Portlash oqibatida kuchli yong‘in kelib chiqqan va ubning oqibatida Hirot shahrini elektr bilan ta’minlash liniyasi shikastlangan. Portlash sababi va qurbonlar soni hozircha rasman ma’lum qilinmagan.