Toqayevning yoshlikda tushgan surati internetda paydo bo‘ldi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning 26 yoshida Podmoskovyedagi shanbalik paytida tushgan surati internetda paydo bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Internetda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning yoshlikda tushgan surati paydo bo‘ldi. Suratni davlat rahbarining matbuot kotibi instagramiga joylagan.
Ta’kidlanishicha, surat 1979-yilda olingan. O‘shanda 26 yoshli Toqayev SSSR Tashqi ishlar vazirligida attashe lavozimida ishlagan.
“1979 yil. Podmoskovyedagi shanbalik. Qasim-Jomart Kemelevich u paytlar SSSR Tashqi ishlar vazirligida attashe lavozimida ishlardi”, - deya yozgan surat ostiga Berik Uali.
Qasim-Jomart Toqayev 1953-yilda Qozog‘istonda tavallud topgan. 2019-yil 20-martdan buyon Qozog‘iston prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.