Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi 7-jangida amerikalik raqibini yer tishlatdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangida g‘alaba qozondi.
U AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan boks oqshomida amerikalik Morgan Fitchga qarshi ringga ko‘tarildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang 3-raundda Bektemirning texnik nokautli g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Shu tariqa Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi 7-jangida  7-g‘alabasiga (6tasi nokaut) erishdi.