TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Moskvada qor qoplamining balandligi 65-yil oldingi rekordni yangilashi mumkin. Moskva viloyatida bundan ham ko‘proq qor yog‘di. Fobos ob-havo markazining yetakchi mutaxassisi Mixail Leus bu haqda RIA Novostiga xabar berdi.
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
/ "Moskvada 56 santimetr, bu qish boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Moskvada oxirgi marta bunday 2013-yil mart oyida bo‘lgan. Balandlik bo‘yicha 13-fevraldagi rekordni yangilashimiz mumkin. 1956-yilda Moskvada qor qoplami 60 santimetr bo‘lgan", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Shanba kuni ertalab Moskvada kunlik rekord ham qayd etildi - 15 millimetr, bu meteorologlarning 2019-yilda qayd etgan oldingi eng yuqori ko‘rsatkichidan 1,4 millimetrga ko‘p.
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
/ Ertalab soat oltidan yo‘llarda ko‘p kilometrli tirbandliklar yuzaga keldi. Tirbandlik 9 ballni tashkil etdi. Sutka davomida 387 ta yuk mashinasini qor uyumlaridan olib chiqdi.