O‘zbekiston 2020-yilda 48 mln dollarlik xurmo eksport qildi

O‘tgan 2020-yilda O‘zbekiston xurmo eksporti 2019-yilga nisbatan 2 baravar oshib 97,5 ming tonnani tashkil qildi.
Sputnik
TOShKENT, 12 fev - Sputnik. O‘zbekiston 2020-yilda 18 ta xorijiy davlatga qiymati umumiy qiymati 48,6 mln. AQSh dollariga teng 97,5 ming tonna xurmo eksport qilgan. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda. 
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2 baravar (50,1 ming tonna) ko‘p. O‘zbekistondan eng ko‘p miqdorda xurmo import qilgan davlatlar quyidagilar:
  • Qozog‘iston – 56,8 ming tonna
  • Rossiya – 32,1 ming tonna
  • Qirg‘iz Res. – 3,1 ming tonna
  • Turkmaniston – 2,8 ming tonna
  • Ukraina –1,8 ming tonna
  • Belarus Res. – 818,1 tonna
Ma’lumot uchun, 2020-yilda O‘zbekistonning yetakchi tashqi savdo hamkorlari Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bo‘lgan.